Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan dastlabki kelishuvga erishgani ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qatarning Beln Sports nashri ma’lumotiga ko‘ra, Gvardiola ingliz klubini shu yozdan boshlab boshqarishga rozilik bergan. Shuningdek, Sky Sports jurnalisti Richard Keys ham buni tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya”ni ikkinchi mavsumda boshqarayotgan ispaniyalik mutaxassis yaqinda Chempionlar ligasi yarim finali doirasida “Barselona”ga yutqazdi. “Manchester Siti”ning chililik bosh murabbiyi Manuel Pellegrini esa bu mavsumda birorta sovrinni qo‘lga kiritolmadi.
Izoh (0)