Filippinda tayfun xavfi sabab 1,2 ming kishi evakuatsiya qilindi

Filippin shimolida qutqaruv xizmatlari tomonidan 1,2 ming kishi yaqinlashib kelayotgan Noul to‘foni tahdidi sabab xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Bu haqda Kommersant.ru xabar bermoqda.

Foto: CNN

Foto: CNN

Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, to‘fon 10-may, yakshanba kuni Luson orolining shimoli-sharqiy qismiga yopirilishi mumkin.

Qayd etishlaricha, tayfun markazida shamol tezligi soatiga 310 kilometrga yetadi. CNN’ning xabar berishicha, hozircha mamlakatning uchta viloyatida to‘fon xavfi e’lon qilingan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing