Shveysariyalik uchuvchi Xitoy va Gavayi orollari o‘rtasidagi sakkiz ming kilometrlik masofani quyosh batareyasida harakatlanuvchi samolyotda to‘xtovsiz bosib o‘tmqochi, deb yozadi “TJournal.ru”.
Parvoz shveysariyalik uchuvchilar Bernar Pikar va Andre Borshbergning Yer sayyorasi bo‘ylab to‘rtala dvigateli faqatgina quyosh energiyasida ishlovchi Solar Impulse 2 samolyotida o‘tkazayotgan sayohatining bir qismi bo‘ladi. Gavayigacha parvoz besh kun davom etishi kutilmoqda.
Xitoyning Nankin shahrida Gavayi orollarigacha samolyot shturvali Boshbergda bo‘ladi, Pikar esa Yerdan nazoratni amalga oshiradi. Gavayidan Arizonagacha esa ular o‘zaro joy almashadi.
Og‘irligi atigi 2,3 tonna bo‘lgan samolyot qanotlari qamrovi 71,9 metrni tashkil etadi (200 tonnalik Boeing 747’da bu 68,45 metrga teng). Kabinada tik turish uchun joy yo‘q, uchuvchi kresloning o‘zida o‘tirishi va yotishi mumkin. Uchuvchi isituvchi kiyim, kislorod niqobi, parashyut bilan ta’minlangan.
Yangilanuvchi energiya manbalari haqidagi xabardorlikni oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan Solar Impulse 2 samolyotidagi sayohat 9-mart kuni Abu-Dabida boshlangan bo‘lib, Maskat, Ahmadobod, Varanasi, Mandalay, Chunsin, Nankin, Gavayi, Finiks, Nyu-Yorkka boradi, keyin esa Yevropa yoki Shimoliy Afrikaga yo‘l oladi.
Izoh (0)