Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu obro‘li Forbes jurnali talqiniga ko‘ra qatorasiga ikkinchi yil ham dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi deb topildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
2014-yilda portugaliyalik 30 yoshli futbolchi 79 million dollar ishlab topgan. Bu 2013-yil bilan taqqoslaganda 6 millionga ko‘p demakdir. Ronaldu umumiy summadan 52,2 millionini maosh va qo‘shimcha bonuslar uchun olgan. Qolgan summani esa reklama shartnomalaridan ishlab topgan.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi band etgan. Argentinalik iqtidor egasi o‘tgan yili 70,5 million (48,5 million — maosh va bonuslar, 22 millioni — reklama) dollarga boyigan. O‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yil ham kuchli uchlikka “Pari Sen-Jermen” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich 41,8 million (35,8 — maosh, 6 — reklama) dollar bilan yakun yasagan.
Top-10:
4. Garet Beyl (“Real” — 34,9 million)
5. Neymar (“Barselona” — 31,7 million)
6. Radamel Falkao (“Manchester Yunayted” — 31 million)
7. Ueyn Runi (“Manchester Yunayted” — 25,8 million)
8. Xames Rodriges (“Real” — 25, 4 milion)
9. Serxio Aguero (“Manchester Siti” — 25,3 million)
10. Luis Suares (“Barselona” — 19,9 million)
Izoh (0)