Turkiya Din ishlari boshqarmasi (Diyanet) to‘rt yillik urinishdan keyin Qur’oni Karim ma’nolarining arman tilidagi tarjimasini chop etdi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.
4 ming nusxada chop etilgan ma’nolar tarjimasi arman tilining sharqiy va g‘arbiy lahjalarida yozilgan. Nashrga tayyorlanish uchun ketgan to‘rt yildan 2,5 yili tarjima uchun sarflangan. Loyiha ustida boshqarma ekspertlari va Turkiya universitetlari dinshunoslik fakultetlari professorlari ish olib borgan.
Qayd etilishicha, 1924-yilda tashkil etilgan Diyanet shu paytgacha 1150 ta ish, jumladan Qur’on ma’nolarining kurd va ispan tillaridagi tarjimalarini chop etgan. Qur’on ma’nolarining yana 15 tildagi tarjimasini chop etish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)