Aka-uka Ilhom va Zafar Ismoilovlar tomonidan tashkil etilgan Plov.com onlayn restorani Moskva shahri bo‘ylab o‘zbek palovini yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yib, bir necha yildan buyon ushbu o‘ziga xos biznes bilan shug‘ullanib kelmoqda, deb yozadi “Vesti.ru”.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ish boshlanishida qiyinchiliklar va muvaffaqiyatsizliklar uchraganiga qaramay, keyinchalik mijozlar soni tezlik bilan oshib borgan.
O‘zbek palovi haqida ko‘plab iliq fikrlar keltirilgan maqolada aytilishicha, kompaniya xizmat ko‘rsatishda o‘ziga xosliklar taklif etishi ularning ommabopligini oshirgan.
Qayd etilishicha, palov tayyorlash uchun guruch, ziravorlar va sabzi O‘zbekistondan olib ketiladi.
Oshpaz Akbar Azizov ham o‘zbekistonlik bo‘lib, bu borada katta tajriba va malakaga ega.
Izoh (0)