2015-yil 11-14-may kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yoshlik bahori” nomli yosh operachilar Respublika ochiq ko‘rik-festivali o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Ko‘rik-festivalning asosiy tashkilotchilari Madaniyat va sport ishlari vazirligi va "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hisoblanadi. Uning gala-konserti 2015-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rik-festivalda tanlovning ochilish kunida 18-32 yoshdagi opera ijrochilari ishtirok etishi mumkin. Bunda har bir ishtirokchi 11-may kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
2015-yil 12-may kuni soat 9:00 dan 9:30 gacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida ishtirokchilar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rik-festival bir bosqichda o‘tkaziladi va ikki turdan iborat.
Ishtirokchilarning barcha chiqishlari omma oldida o‘tkaziladi. Barcha asarlar original tilda va original tonallikda, yoddan ijro etiladi. Bir turda ijro etilgan asarlar ikkinchi turda ijro etilmaydi.
- I tur (saralash, har bir ishtirokchiga 10 daqiqagacha vaqt beriladi) fortepiano jo‘rligida 2 ta asar talabnomaga muvofiq;
- II tur fortepiano jo‘rligida (saralash, har bir ishtirokchiga 12 daqiqagacha vaqt beriladi):
- 1. O‘zbek kompozitorlarining operalaridan ariyalar va kamer vokal asarlari.
- 2. Chet el kompozitorlarining operalaridan ariyalar va kamer vokal asarlari.
Ko‘rik-festivalda g‘alaba qozongan kuchli uchlik quyidagi mukofot bilan taqdirlanadi:
- Birinchi mukofot: 5 000 000,00 so‘m
- Ikkinchi mukofot: 3 000 000,00 so‘m
- Uchinchi mukofot: 2 000 000,00 so‘m
Hozirgi kunda ishtirokchilar soni 70 nafarga yetdi.
Izoh (0)