18-mayda Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlab O‘zbekistondagi barcha muzeylarda qator tadbirlar tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ochiq eshiklar” kuni tadbirlarida barcha muzeylar keng aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Hunarmandlar, rassomlar, yozuvchi-shoirlar, tarixchi-olimlar, madaniyat va san’at namoyondalari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va mahorat mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyida 18-may kuni “Muzey oqshomi”ga sayohat uyushtiriladi.
Izoh (0)