Bugun Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi so‘nggi tur uchrashuvlariga start beriladi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
“G” guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaning “Suvon Samsung” hamda Xitoyning “Beyjing Guoan” klublari o‘rtasidagi uchrashuvni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Uchrashuv bosh hakami – Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda Abduhamidimullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar yordam beradi. Yordamchi hakam vazifasini esa Sherzod Qosimov bajaradi.
Uchrashuv komissari Shoh Ismoil (Maldiv), inspektori esa Okada Masayoshi (Yaponiya).