O‘rtayer dengizida yuz bergan navbatdagi kema halokati natijasida Afrikadan Italiyaga yetib olish maqsadida bo‘lgan muhojirlarning kamida 40 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Seshanba kuni Sitsiliyaning Kataniya portiga Zeran savdo kemasi 194 kishini olib kelgan. Bu odamlar Liviyadan Italiyaga suzib ketayotgan ikki qayiqdan qutqarib olingan. Qayiqlarning birida 105, ikkinchisida 197 kishi, jumladan, halok bo‘lgan besh kishining jasadi bo‘lgan.
Italiyagacha yetib kelishga muvaffaq bo‘lgan noqonuniy muhojirlarning Save the Children tashkiloti vakillariga ma’lum qilishlaricha, ular qutqarib olinishlaridan biroz avval qayiqlardan biri cho‘ka boshlagan va uning yo‘lovchilari suvga g‘arq bo‘lgan.
19-aprel kun Sitsiliya bo‘g‘ozida 800 nafar noqonuniy muhojirning o‘limiga sabab bo‘lgan kema halokatidan so‘ng O‘rtayer dengizidagi ushbu muammo yana jahon jamoatchiligi diqqat-e’tibori markaziga tushdi. Ushbu fojeadan so‘ng Yevropa Ittifoqi qochoqlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyalarni moliyalashtirishni yanada kuchaytirishini e’lon qildi.