Yangi Zelandiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kazakhstan Today. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari magnitudasi 6 ballni tashkil etgan.
Zilzila markazi Yangi Zelandiyaning Janubiy oroli markaziy qismidagi Uanakidan 31 kilometr shimoli-g‘arbda, o‘chog‘i esa 5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Qurbonlar, jabrlanganlar va vayronalar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Qayd etilishicha, bungacha Yangi Zelandiyada kuchli zilizila oxirgi marta 2013-yilda 6,8 ball bilan sodir bo‘lgan. Oqibatda bir necha kishi jarohat olgan, ba’zi uylar vayron bo‘lgan.
Izoh (0)