Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Mazkur musobaqalar O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi. Unda o‘ndan ziyod davlat polvonlari o‘zaro bahslashdi.
Bahodirlar o‘yinlarida polvonlar o‘z vaznidan bir necha barobar og‘ir buyumlarni ko‘tarish, o‘rnidan siljitish, belgilangan masofagacha ko‘tarib borish kabi jismoniy kuch va iroda talab qiladigan mashqlarni bajaradi.
Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining 2-bosqichida ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha bellashib, odamning jismoniy imkoniyati nimalarga qodirligini namoyon etdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, polshalik Mateush Kiyelishkovski birinchi, o‘zbekistonlik Sergey Trubitsin ikkinchi, AQSh vakili Dimitar Savatinov uchinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)