Melburn shahrida besh mingdan ortiq kishi G‘arbiy Avstraliya shtatida aborigenlarning manzilgohlari yopilishiga qarshi namoyishga chiqdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Norozilik aksiyasi tashkilotchisi bo‘lgan “Aborigenlar qarshiligi jangchilari” guruhi uyushmalari yopilishi xavfi ostida bo‘lgan tub aholi vakillari birdamlik ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, G‘arbiy Avstraliya shtati hukumati moliyalashtirish manbalari yetishmovchiligi tufayli aborigenlarning 274 ta aholi punkti yopilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)