Xitoyning Nanning shahrida yakuniga yetib borayotgan tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ayollar o‘rtasidagi turnirda yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘lmoqda, deb xabar berdi “Olamsport”.
Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Sabina Sharipova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Musobaqada beshinchi raqam ostida tasniflangan Sabina chorak final bahsida Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Shanel Simmondsni 6:3, 6:1 hisobida taslim etdi.
Taqqoslash uchun, Sharipova dunyo reytingida 222, Simmonds esa 347-pog‘onani egallab turibdi. Sabinaning yarim finaldagi raqibasi kunning ikkinchi yarmida ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)