30-aprel, payshanba kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi majlislar zalida Toshkent shahridagi bolalar va o‘smirlar futbol maktablari murabbiylari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Ushbu yig‘in O‘FF bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi boshlig‘i Shovkat Imamov hamda Toshkent Shahar Futbol Federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ma’mur Yusupov tomonidan o‘tkazildi.
Majlis bolalar va o‘smirlar futbolidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlariga bag‘ishlandi. Majlis davomida Toshkent shahridagi barcha bolalar va o‘smirlar futbol maktablari murabbiylari futbol musobaqalarida halol o‘yin prinsiplari asosida ishtirok etish va bolalarning yoshini kichraytirmaslik haqidagi deklaratsiyaga imzo chekdi.
Izoh (0)