O‘zbekistonning o‘sib borayotgan iqtisodiyoti transport sohasiga yangi talablar qo‘yadi. Bu haqda 28-aprel kuni Toshkentda xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, mahalliy va xorijlik ekspertlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda transport va tranzit rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan muloqotda ma’lum qilindi.
2030-yilgacha hozirgi kabi o‘rtacha 8 foiz iqtisodiy o‘sish saqlanib tursa, yuk tashish hajmi yiliga 9,2 foizda oshib boradi va jami 4,4 martaga ko‘payadi — 2013-yilgi 1387,3 million tonnalik ko‘rsatkich 2030-yilda 6041,3 million tonnaga yetadi.
Avtomobil transporti bo‘yicha yillik o‘sish o‘rtacha 9,4 foizni va jami 4,6 martani tashkil etadi (2013-yilda 1258,6 million tonna, 2030-yilda 5811,6 million tonna). Temir yo‘l transportida esa yillik o‘sish o‘rtacha 5 foiz va jami 2,3 marta bo‘ladi (2013-yilda 63,7 million tonna, 2030-yilda 146 million tonna).
Izoh (0)