O‘zbekistondagi 9698 umumta’lim maktabining 9566 tasida (132 ta ayrim fanlar chuqur o‘qitilishga ixtisoslashgan maktab-internatlarda ta’lim 5-sinfdan) boshlang‘ich ta’lim olib boriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim mavjud bo‘lgan maktablarda jami 1-4-sinflar soni 83 ming 181 tani, jami boshlang‘ich sinf o‘quvchilari soni 2 million 129 ming 389 nafarni tashkil etmoqda. Ularga 111 ming 866 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya bermoqda.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta’minlash, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatiga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar tomonidan 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan reja asosida 1-sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomda “Savodga o‘rgatish darslari”, “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “Russkiy yazik”, “Kniga dlya chteniya” nomli metodik qo‘llanmalar va darsliklarning multimedia ilovalari nashr etilib, umumta’lim maktablariga yetkazib berildi.
Shuningdek, vazirlikning rasmiy saytiga joylashtirilgan 1-4-sinflar uchun yaratilgan “Salomatlik darslari” fanidan multimediali metodik tavsiyalar ham o‘qituvchilarning har bir darsni qiziqarli o‘tishida asqotadi.
Izoh (0)