O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Turkiyaning Istanbul shahrida davom etayotgan Istanbul Open turnirining juftliklar bahsidagi ishtirokini ham g‘alaba bilan boshladi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Dunyo reytingida 66-o‘rinni egallab turgan Istomin qozog‘istonlik Andrey Golubev bilan birga ikki qozog‘istonlik tennischi – Mixail Kukushkin va Aleksandr Nedovesov tandemini 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi.
Endi ikkinchi bosqichda Istomin va Golubev avstraliyalik Kris Guchchione va braziliyalik Andre Sa juftligi bilan hisob-kitob qiladi.
Izoh (0)