O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi mahsulot uchun to‘lovni plastik karta orqali amalga oshirishni tartibga solish haqida Bozorlar va savdo majmualari faoliyatini nazorat qilish Toshkent viloyati boshqarmasiga ko‘rsatma berdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Qayd etilishicha, avvalroq nashr Davlat soliq qo‘mitasiga “Abu Saxiy” bozoridagi aksariyat do‘konlarda mahsulot uchun to‘lovni plastik karta orqali amalga oshirib bo‘lmasligi yuzasidan fuqarolar murojaati asosida xat yo‘llagan edi.
Qo‘mita murojaatga nisbatan yo‘llagan javobida ma’lum qilishicha, ushbu holatni Bozorlar va savdo majmualari faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi o‘rganib chiqib, zarur choralarni ko‘rishi hamda tekshiruv natijalarini 2015-yil 3-mayga qadar e’lon qilishi kerak.
Izoh (0)