Jasur Abduraimov boshchiligidagi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi Armaniston bilan dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Yerevanda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston U-19 armanistonlik tengdoshlari ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Uchrashuvda hisob 8-daqaqidayoq ochildi va golga Sanjar Qodirqulov mualliflik qildi. 38-daqiqada esa Xushnud Avilov hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi. Jamoalar tanaffusga ushbu hisob bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa bir marotabadan gol kiritishni uddasidan chiqishdi. Mezbonlar tarkibida Ayk Galstyan gol kiritgan bo‘lsa, O‘zbekistonning uchinchi golini Saidjamol Davlatjonov kiritdi — 1:3. Jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvi esa 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Armaniston (U-19) – O‘zbekiston (U-19) 1:3
Gollar: S. Qodirqulov (8), X. Avilov (38), S. Davlatjonov — A. Galstyan (67)
Izoh (0)