Qozog‘istonning Olma-ota shahri chekkasida joylashgan “Adem” savdo markazida yakshanba oqshomida kelib chiqqan yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 06:35 da to‘liq o‘chirildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Olma-ota Favqulodda vaziyatlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan soat 22:24 da kelib tushgan. Olti daqiqadan keyin yong‘in xavfsizligi xizmatining ilk bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘in haqida kech xabar berilganini, avtomatik signalizatsiya va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi nosoz holatda bo‘lgani, bino ichkarisida yonuvchi materiallardan ko‘p foydalanilganini va bulan yong‘inni o‘chirishda qiyinchilik tug‘dirganini ma'lum qilgan. Shuningdek, yong‘in oqibatida inson salomatligi uchun xavfli gazlar paydo bo‘lgan.
Izoh (0)