Ekstremistik materiallar ro‘yxatiga kiritilganiga qaramay sotuvda bo‘lgan Gitlerning “Mayn Kampf” (“Mening kurashim”) asari Google Play onlayn do‘konidan olib tashlandi, deb xabar bermoqda “TJournal.ru”.
Qayd etilishicha, 22-aprel kuni “Russkaya slujba novostey” vakillari bu “Ekstremistik faoliyatga qarshilik ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonunning buzilishiga olib kelayotganini aytib Rossiya Adliya vazirligiga murojaat qilgan.
Rossiya Bosh prokuraturasi 22-aprel kuni bu yuzasidan tegishli joyga murojaat qilishini ma’lum qilgan. 24-aprel kuni asarni Rossiya hududida tarqatish huquqiga ega bo‘lgan Jaico Publishing House nashriyotining kitoblari Google Play’dan olib tashlangan.
Izoh (0)