Bugun, 24-aprel kuni Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida 2014/2015-yilgi Yevropa Ligasi yarim finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’aga ko‘ra, yarim finalda Italiyaning “Napoli” jamoasi Ukrainaning “Dnepr” klubi bilan, Ispaniyaning “Sevilya” klubi Italiyaning boshqa bir jamoasi — “Fiorentina” bilan kuch sinashadi.
Dastlab, 7-may kuni “Napoli” “Dnepr”ni, “Sevilya” “Fiorentina”ni qabul qilsa, 14-may kuni javob o‘yinlari Kiyev va Florensiyada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)