Rossiya Ichki ishlar vazirligi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning mamlakatdagi boshqa mintaqalar maxsus xizmatlari tomonidan Chechenistonda o‘tkaziladigan operatsiyalarda ularga qarata o‘t ochish mumkinligi haqidagi bayonotini nojoiz deb atadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Rossiya IIV Checheniston maxsus xizmatlar xodimlari bilan kelishilmay o‘tkaziladigan maxsus operatsiyalarning boshqa mintaqalik ishtirokchilariga qarata o‘t ochish haqidagi bayonotini Checheniston Respublikasi rahbari uchun nojoiz deb hisoblaydi”, − deyiladi vazirlik press-relizida.
Eslatib o‘tamiz, Grozniyda Stavropol politsiyasi va birlashgan guruh tomonidan o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida federal qidiruvda bo‘lgan Jambulat Dadayev o‘ldirilgach chaqirilgan respublikaning huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari yig‘ilishida Qodirov shunday bayonot bergan edi. Rossiya IIV stavropollik politsiyachilar ushbu operatsiya uchun Checheniston ichki ishlar organlaridan ruxsat olganini ham ma’lum qilgan.
Izoh (0)