Avval xabar berilganidek, Chili hududidagi eng xavfli vulqonlardan biri – Kalbuko uyg‘ondi. Oxirgi marta u 1972 yili otilib chiqqandi. Meduza nashri vulqon otilishi aks etgan fotosuratlar jamlanmasini taqdim etdi.
Chili hukumati xavf-xatarning “qizil” darajasini e’lon qilgan va 1,5 mingdan ortiq aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirgan. Mahalliy aholi va sayyohlarga vulqondan kamida 20 kilometr masofaga uzoqlashish va unga yaqinlashmaslik haqida ko‘rsatma berilgan, hududda barcha fuqarolik aviaparvozlari vaqtincha bekor qilingan.
Izoh (0)