Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 29 yoshli fuqaro oilali bo‘lsa ham biror ishning boshini tutmadi. U oson pul topish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi shaxs bilan tanishib, savdo bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Kelishuvga ko‘ra, uning hamkori aravada 48 million 760 ming so‘mlik kiyim-kechaklarni chegaragacha olib keladigan bo‘ldi. Biroq ziyrak chegara posbonlari ularga halal berdi: namanganlik huquqbuzar ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Sud huquqbuzarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topdi va 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ashyoviy dalil sifatida olingan kiyim-kechaklar davlat foydasiga o‘tkazildi.
Izoh (0)