2015-yil 22-aprel kuni Buxoro shahridagi 5-kichik nohiyada joylashgan “Qamish bar” restoranidan yong‘in kelib chiqishi oqibatida bino butunlay yonib ketdi, deb xabar bermoqda “Vostochniy ekspress”.
Yong‘in kunduzgi soat 3 larda restoran oshxonasida boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga yong‘in xavfsizligi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi sabab bo‘lgan. Oshxonada ko‘plab elektr uskunalari, nosoz pechlar va gaz ballonlari bo‘lgani yong‘inning butun binoga tarqalishiga olib kelgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida restoranning uch nafar xodimi jabrlangan bo‘lib, ular shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in joyini tozalamoqda.
Viloyat hokimi Muhiddin Esanov yong‘in oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha favqulodda komissiya tuzishga ko‘rsatma bergan. Komissiya tashkil etilgan tergov doirasida ish holatlarini batafsil o‘rganishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)