Professional boksning WBA yo‘nalishi doimiy chempionlik kamari sohibi bo‘lmish o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevning jamoasi puerto-rikolik Fres Okendoni sudga berib, undan 225 ming dollar miqdorida jarima undirmoqchi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
2014 yilning iyun oyida Chagayev Okendoni Grozniyda ochkolar bo‘yicha mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘shanda Okendo jangdan keyin doping testdan o‘ta olmagandi.
Chagayevning promouteri Dugazayev bergan ma’lumotga ko‘ra, Okendo Moskva sudiga berilgan. Bokschini WBA rahbariyati ham diskvalifikatsiya qilgan. Dopingda qo‘lga tushgani sababli Okendo 225 ming dollarni qaytarib berishi lozim.
Izoh (0)