“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum yakuniga ko‘ra o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda ispan nashrlariga tayanib, “Uff.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, agar “Real” birorta ham sovrinni qo‘lga kirita olmasa, italiyalik mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda madridliklar ikkita musobaqada sovrin uchun kurashmoqda. Milliy chempionatda ular “Barselona”dan ikki ochko ortda qolgancha, ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Izoh (0)