Ochiq ma’lumotlar portalida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan hududlardagi 595 ta bozor va savdo majmuasi haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi, deb xabar beradi Darakchi.uz.

Foto: uforum.uz

Yunusobod bozori. Foto: uforum.uz

Ma’lumotlar to‘plami bozor va savdo majmualarining nomi, STIR va ularning manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan tashkil topgan. Ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, birgina poytaxtning o‘zida 41 ta bozor va savdo majmuasi mavjud.