“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Ikkinchi jahon urushi g‘alabasining 70 yilligiga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi 2015-yil 22-apreldan muomalaga kiritildi. Bu haqda “O‘zbekiston pochtasi” AJ rasmiy saytida xabar berildi.
Turkum 2 ta pochta markasi va 1 ta kupondan iborat zanjir ko‘rinishida chop etilgan.
Pochta markalarida Mustaqillik maydonida joylashgan “Motamsaro ona” haykali hamda yosh avlodning Ikkinchi jahon urushi veteranlarini tantanali ravishda tabriklayotgani tasvirlangan. Zanjirning kupon qismida esa mangulik olov, o‘zbek tili lotin alifbosida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” so‘zlari va Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi mardonavor kurashda vafot etgan qahramonlarimizning ro‘yxatli kitobi tasvirlangan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Pochta markalarning o‘lchami 42x30 mm. Dizayner – Yusupaliyev U. Adadi 10 ming nusxa. Identifikatsiya raqamlari berilgan:
1111. “Motamsaro ona” haykali Nominali – 1000 so‘m;
1112. “Urushi veteranlarini tantanali tabrigi” Nominali – 1200 so‘m.
Izoh (0)