“Ekopen” MChJ QK sertifikatsiyalash bo‘yicha akkreditatsiyalangan xalqaro “O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ QKda sertifikatsiyadan o‘tgan va ISO 9001:2008 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritgan O‘zbekiston korxonalaridan biriga aylandi. Ushbu marosim 2015-yil 6-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK “O‘zstandart” agentligi, Turkiya standartlar instituti ishtirokida tashkil etilgan va Xalqaro akkreditatsiya forumi IAF a’zosi boʻlmish Turkiya akkreditatsiya bo‘yicha idorasi (TURKAK)ning akkreditatsiya guvohnomasini olgan ilk milliy sertifikatsiya idorasi hisoblanadi.
Avval “Ekopen” MChJ QK sifat menejmenti tizimi “Russkiy Registr” Sertifikatsiya uyushmasi tomonidan sertifukatlangan edi va u besh yildan buyon amal qilmoqda.
“O‘zbek-Turk Test Markazi” MChJ QK tomonidan “Ekopen” MChJ QKga ISO 9001:2008 ХS bo‘yicha muvofiqlik sertifikatining taqdim etilishi kompaniyada menejment tizimi sermahsul, sifatli va samarali ishlashini yana bir bor tasdiqladi.
ISO 9001:2008 sertifikati kompaniyaning ishonchli va mahsuldor faoliyati ko‘rsatkichi bo‘libgina qolmay, korxonani ishonchli sherik sifatida ham tavsiflab, uning obro‘-e’tiborini oshiradiki, bu o‘z navbatida kompaniyaga tenderlarda g‘olib bo‘lish va manfaatli bitimlar tuzish imkonini beradi.
Batafsil ma’lumot bilan kompaniyaning rasmiy sayti yoki Facebook’dagi sahifasi orqali tanishish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.
Izoh (0)