Toshkentda o‘tkazilayotgan bouling bo‘yicha Tashkent Open 2015 xalqaro turniri saralash bosqichi to‘rtinchi kuni yakunlariga ko‘ra, Rossiya vakillari yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Birinchi o‘rindagi Yan Korshak, ikkinchi o‘rindagi Aleksey Parshukov va uchinchi o‘rindagi Vladimir Potorochin Rossiya vakillari hisoblanadi. To‘rtinchi o‘rinda esa ozarbayjonlik Elxan Dayzullayev bormoqda. Yetakchilar orasida o‘zbekistonlik Mirvohid Soatov, Bekzod To‘xtaniyozov va Olim Muxtorov ham bor.
Ayollardan dastlabki o‘nlikka hozircha faqatgina Rossiya vakilasi Nadejda Korablinova kirgan. Ukrainalik Mixaylo Kaliki qatnashishni boshlagan birinchi kuniyoq yettinchi o‘ringa chiqib olgan.
Izoh (0)