Poytaxtdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining 3-bosqich talabasi bo‘lgan, Toshkent viloyatida tug‘ilgan yigit giyohvandlik moddasi savdosida vositachilik bilan shug‘ullana boshladi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
U 2013-yilning iyun oyida bir tanishining ko‘rsatmasiga asosan jinoiy sherigidan 100 gramm gashish giyohvandlik moddasini 1 million 800 ming so‘mga sotib olib, shu kunning o‘zidayoq bir mijozga sotib yubordi. Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas, bu holat yana takrorlandi.
2014-yilning iyul oyi boshida uchinchi bor shunday jinoyatga qo‘l urgan yigitning mazkur jinoiy faoliyatiga nuqta qo‘yildi. Sud unga nisbatan o‘zining odilona hukmini o‘qidi, deyiladi manbada.
Izoh (0)