Ukraina Ichki ishlar vazirligi “Neteshinskiy vestnik” nashri bosh muharriri Olga Morozning o‘limi yuzasidan “qasddan qilingan qotillik” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda “RBK—Ukraina”.
Qayd eitlishicha, ayol o‘limi sababi sud-tibbiyot ekspertizasidan keyingina aniqlangan. Hozirda tan jarohati yetkazilishi mexanizmi va vaqti o‘rganilmoqda. Militsiya qotillikning bir nechta versiylarini ko‘rib chiqmoqda. Jinoyat kundalik turmush asnosida yoki muharrirning kasbi bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
“Neteshinskiy vestnik” bosh muharriri Olga Morozning jasadi o‘z uyidan 15-mart kuni topilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uydan ba’zi moddiy boyliklar yo‘qolgan.
Izoh (0)