Olimjon Xolmuhamedov Samarqand davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakiliga asoslanib, “12news.uz” ma’lum qildi.
Bunga qadar fizika-matematika fanlari doktori, professor Xolmuhamedov Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent filiali ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Samarqand davlat universiteti 1927-yilda Oliy pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan bo‘lib, 1930-yilda O‘zbekiston pedagogika akademiyasiga, 1933-yil O‘zbekiston davlat universitetiga aylantirilgan. 1941-yil Alisher Navoiy nomi berilib, 1960-yildan Samarqand davlat universitetiga aylantirilgan.
Izoh (0)