Moskva va Ostona Rossiya tomonidan ijaraga olingan Qarag‘anda va Jambil viloyatlaridagi 1,6 million gektarlik hududni Qozog‘istonga qaytarish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda “Tengrinews.kz”.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya harbiy havo kuchlarining 929-sinov markazi ishi uchun Qozog‘istondan ijaraga olingan “Sari-Shagan” poligonidir. Qozog‘iston poligon hududida foydali qazilmalar borligi uchun ushbu hududni ijaradan chiqarishni so‘ragan.
Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonovning ta’kidlashicha, bu poligonlar ijarasi uchun yillik to‘lovning 23 million 486 ming dollardan 19 million 357 ming dollargacha kamayishiga sabab bo‘ladi. Qayd etilishicha, ushbu hududdan neft, oltin va qurilish materiallari qazib olinishi bilan birga, “Yevropa—G‘arbiy Xitoy” xalqaro transport yo‘lagi tarkibiga kiruvchi “Samara—Chimkent” avtomobil yo‘li ham o‘tkaziladi.
Izoh (0)