Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “Turkiston-Press” nodavlat axborot agentligi.
“Yevro eksel” mas’uliyati cheklangan jamiyati kelgusida Qarshining ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi va zamonaviy savdo majmuasi bo‘lishi kutilayotgan gipermarket qurilishini boshlab yubordi.
Mazkur gipermarket qurilishi uchun 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanishi va u o‘zida bir qancha obyektlarni birlashtirgan yaxlit majmuaga aylantirilishi ko‘zda tutilgan. Zamonaviy dizayn va ko‘rinishda barpo etiladigan gipermarketda bolalar o‘yin maydonchasi, kino zali, to‘yxona va mehmonxona ham mavjud bo‘ladi.
Izoh (0)