O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi moliya boshqarmasi boshlig‘i Zemfira Isxakova FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan moliyaviy boshqaruvga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Uff.uz.
16-17-aprel kunlari Butanning Timfu shahrida bo‘lib o‘tayotgan ushbu seminarda Bangladesh, Butan, Afg‘oniston, Hindiston, Qirg‘iziston, Maldiv, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston hamda O‘zbekiston vakillari ishtirok etyapti.
Seminar davomida moliyaviy rivojlanish dasturlari, moliyaviy ishlarni rejalashtirish hamda menejment bo‘yicha eng yaxshi tajribalar kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Seminarlar FIFA mutaxassislari tomonidan olib borilyapti.
Izoh (0)