Valyutafurushlik qilgani uchun 2011-yil javobgarlikka tortilib, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilgan ayol yana eski “hunar”ini boshladi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi va Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida 2014-yil 7-avgust kuni o‘tkazilgan tadbirda ayol jinoiy sherigi bo‘lgan boshqa bir ayol bilan o‘zaro til biriktirib, “Chilonzor buyum bozori” OAJning markaziy kirish darvozasi oldida 6000 AQSh dollariga yaqin xorijiy valyutani sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tekshiruv jarayonida ularning yonidan 1000 Rossiya rubli, 5000 Qozog‘iston tengesi va bozordagi do‘konlardan birida saqlanayotgan, jinoyatchilarga tegishli seyfdan 100 yevro, 44 ming 900 Rossiya rubli, 55 ming 100 Qozog‘iston tengesi, 2460 Qirg‘iziston somi va 13 million so‘mdan ziyodroq pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Sud ularga nisbatan o‘zining adolatli hukmini o‘qidi, deyiladi manbada.
Izoh (0)