Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Deep Ocean Search guruhi g‘avvoslari 2013-yil sentabrida qiymati 34 million funt-sterlingga teng bo‘lgan kumush tangalar xazinasini topib, suvdan olib chiqishgan. Meduza.io’ning xabar berishicha, oradan qariyb ikki yil o‘tib, Britaniya transport vazirligi City of Cairo paroxodidan olib chiqilgan xazina haqidagi axborotni oshkor etishga ruxsat berdi.

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Bombeydan Buyuk Britaniya tomon suzib ketayotgan City of Cairo kemasi 1942-yili nemis suvosti kemasi tomonidan cho‘ktirib yuborilgan. Bortida 100 tonna tanga bo‘lgan kema Muqaddas Yelena oroli yaqinida, 5150 metr chuqurlikka cho‘kib ketgan. Deep Ocean Search kema bo‘laklarini izlashga kirishmagunicha, City of Cairo 2011-yilga qadar bedarak yo‘qolgan deb gumon qilib kelinardi.

Xabar berishlaricha, City of Cairo’dan topilgan tangalar qayta eritilib, sotilgan – olingan daromad esa Buyuk Britaniya moliya vazirligi va g‘avvoslar o‘rtasida taqsimlangan.

Ma’lumot uchun, City of Cairo paroxodi 1915-yili qurilgan bo‘lib, 1942-yil 6-noyabrida nemislarning U-68 suvosti kemasidan otilgan torpedo tegib, cho‘kib ketgan. City of Cairo bortida 311 kishi bo‘lgan, ularning 104 nafari halok bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank