Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat aholisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdagi muloqot vaqtida Moskva imperiyani qayta tiklamoqchi emasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo ittifoqi tuzilishi qo‘shni davlatlarni Rossiyaga “tortish” emas, balki aholi farovonligiga erishishga yo‘naltirilgan. “Biz imperiyani qayta tiklamoqchi emasmiz. Bizni doim ayblashga urinishadi, lekin bizda bunday maqsad yo‘q”, − dedi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Putin butun dunyo integratsiya yo‘lidan borishini va Rossiya ham istisno emasligini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hukumati imperiyaga emas, integratsiyaga intilmoqda.
Izoh (0)