2015-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Muzaffar Huseynov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda ba’zi mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)