Aytishlaricha, qulupnay sotib olishga hali erta ekan: ham qimmat, ham unchalik mazali emas. Lekin odam juda istasa, tatib ko‘rishi mumkin. Ushbu mavsumda qulupnay rastalariga tushganlar dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Potrebiteli.uz”.

Foto: potrebiteli.uz

Foto: potrebiteli.uz

− Mirobod bozorida qulupnay narxi: Chari navi − 15 ming so‘m, Viktoriya − 25 ming so‘m.

− Chorsuda esa qulupnay narxi 45 ming so‘m.

− Bugun 15 ming so‘mga Charli navli qulupnay sotib oldim. Mazasi arang seziladi. Hali erta ekan.

− Oloy bozorida qulupnay narxini so‘radim. Sotuvchi xola jilmayib javob qaytardi: “Qimmat”.

− Chilonzor metrosi yaqinida qulupnay narxi 20 ming so‘m. Ta’mi umuman yo‘q. Hali erta.

− Kecha Farhod bozoridan 20 ming so‘mga sotib oldim: mazali, shirin.

− Oloy bozorida 60 ming so‘m: saralangan va juda mazali.

− TTZ bozorida 22−28 ming so‘m.

− Yunusobod bozorida 15 ming so‘m. Biroq sotib olmadik, ishonch yo‘q.

− Bugun ogohlantirishdi, olmaslik kerak ekan. Tanishim infeksiya bo‘limida ishlaydi, ikkita ovqatdan zaharlanish holati qayd etilibdi.

− Rohat aylanma yo‘li yaqinida 40−50 ming so‘m.

Avvalroq, Toshkentda qulupnayning bir kilogrammi narxi 100 ming so‘mdan sotuvga chiqqani xabar berilgan edi.