Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo‘yicha 15 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro turnir yakunlandi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
17 mamlakatdan 103 nafar ishtirokchi qatnashgan musobaqada O‘zbekistonning sport sharafini Javohir Sindorov himoya qildi. U so‘nggi 9-turda qora donalarda ozarbayjonlik Ismoil Ismoilzodani mag‘lubiyatga uchratdi va 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘ardi. Faqatgina qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra Sindorov 6-o‘rinni egalladi.
Bronza medaliga ega chiqqan qozog‘istonlik Denis Maxnyov hisobida ham aynan 7 ochko bor. Turnir ozarbayjonlik Abdulla Gayimbayli bosh mukofotni qo‘lga kiritdi. Hamyurti singari 8 ochko to‘plagan Vugar Asadli ikkinchi o‘rinni band etdi.
Izoh (0)