Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Aragchi Tehron o‘zining harbiy obyektlariga g‘arblik kuzatuvchilarni qo‘ymasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron raketalari xalqaro nazorat ostiga o‘tmaydi.
Avvalroq, Eron “oltilik” mamlakatlari bilan Lozannadagi muzokaralarda sanksiyalar bekor qilinishi evaziga yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni imzolashga rozi bo‘lgani xabar qilingan edi. Navbatdagi muzokaralar 14-aprel kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Izoh (0)