AQSh Davlat departamenti vakili Jeff Ratke Vashington Eronning yadro dasturi tufayli qo‘yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Harakatlarning qo‘shma kompleks rejasi doirasidagi ma’lum majburiyatlar Eron tomonidan amalga oshirilgani tasdiqlangan taqdirda sanksiyalar bosqichma−bosqich olib tashlanadi”, − dedi Ratke. Uning qayd etishicha, Tehrondan sanksiyalarni olib tashlash mexanizmi Lozanna kelishuvlariga mos keladi.
Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehron “oltilik” mamlakatlari bilan yadro dasturi bo‘yicha shartnomani mamlakatga nisbatan amalda bo‘lgan sanksiyalar olib tashlanishi kafolati berilsagina imzolashini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)