Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 6-aprel soat 21:00 larda noma’lum shaxs At Termiziy ko‘chasida joylashgan do‘kon oldida qarovsiz qoldirilgan Yu. Ochilovga tegishli Matiz rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, avtomashina Toxariston ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tuvchi ariqdan topilgan. Ushbu jinoyatni esa Termiz shahrida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)