Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani IIBga bir fuqaro ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning uyidan ma’lum miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan, deb yozadi IIV matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida mazkur o‘g‘rilikni shu tumanda yashovchi, 20 yoshli shaxs uyga erkin yo‘l bilan kirib sodir etganligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)