7-aprel kuni Severodvinskdagi “Zvyozdochka” zavodida yonishni boshlagan “Oryol” atom suvosti kemasi bilan bog‘liq vaziyat haqida Vladimir Putinga xabar yetkazildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, hali qandaydir xulosa chiqarishga erta, chunki yong‘inning aniq sabablari ma’lum emas.
Qayd etilishicha, zavodda ta’mirdan o‘tayotgan yadro suvosti kemasida payvandlash ishlari chog‘ida yong‘in kelib chiqqan. Hozirda 40 kvadrat metrdagi yong‘in o‘chirilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
Izoh (0)